«Barselona» yetakçilari Lionel Messi va Jyerar Pike kutilmaganda, Primera 8-turidan örin olgan «Atletiko»ga (1:1) qarşi öyinda öz munosabatlariga oydinlik kiritişga qaror qilişdi.

Jurnalist Eduardo Inda xabariga köra, Messi Pikega murojaat qilib, Kataloniya mustaqilligi haqidagi bayonotlarini töxtatişni va e'tiborini faqat futbolga qaratişni talab qilgan. Aks holda, «Barselona» safar öyinlarida muxlislarning ommaviy nafrati muhitida töp surişga majbur bölişini aytgan.

Bundan taşqari, Leo jamoadoşiga «Barselona» – «Las Palmas» öyinidan oldin aytgan sözlarini ham eslatgan. Öşa paytda, Kataloniya referendumida yuz berayotgan voqealar tufayli, Pike jamoadoşlarini maydonga tuşmaslikka undagan edi. Agar bu voqea yuz berganida «Barselona» 6 oçkodan mahrum bölardi.