Gipodinamiya — kamharakat hayot tarzi natijasida yuzaga keluvçi organizmning muşaklar faoliyatidagi zaiflaşuv bölib, u kasallik hisoblanmaydi. Şunday bölsa-da, u millionlab odamlarning ölimiga sabab bölmoqda. "Ortodoks" tibbiy portalida yozilişiça, gipodinamiya ölim sabablari böyiça hatto çekişni ham ortda qoldirar ekan: 5,3 million kişi - gipodinamiyadan, 5 million kişi çekişdan. Bu bor-yöği bir yillik ma'lumot.

BMT Yangiliklar markazi ma'lumotlariga köra, katta yoşli aholining uçdan ikki qismi jismoniy faollik yetişmovçiligidan aziyat çekar ekan. Şuni unutmaslik kerakki, bunday hayot tarziga amal qiluvçi odamlarda jiddiy kasalliklar rivojlana boşlaydi. Quyida ularning eng keng tarqalganlari haqida ma'lumot beriladi.

Varikoz

Vena tomirlarining varikoz kengayişi jahonda eng keng tarqalgan kasalliklar orasida ikkinçi örinda turadi. Undan oldin faqat - kariyes. 30 yoşdan oşgan deyarli har bir kişida u yoki bu körinişdagi varikozni aniqlaş mumkin, faqat rivojlaniş bosiqiçida farq böladi.

Eng oğir bosqiçlari (6ta) gormonal fon va tuğuruq sabab ayollarda va kamharakat hayot tarzini olib boruvçi kişilarda uçraydi.

Inson uzoq vaqt davomida harakatsiz qolsa, oyoqlarning boldir va tovon muşaklari keragiça işlamaydi va natijada tomirlar tonusining zaiflaşuvi va qon yurişi susayişi  boşlanadi. Ilgari şu kasallikdan "tik turib işlaydigan" kasb egalari (jarrohlar, sartaroşlar, öqituvçilar) aziyat çekişgan bölsa, kompyuterlar paydo bölişi bilan gipodinamiya global muammoga aylandi. Hatto "kompyuter varikozi" atamasi ham paydo böldi.

Qanday davolaş mumkin? Eng yaxşi usuli doimiy harakat, şuningdek suziş - u qon tomirlari tonusini kötaradi, oyoqlarda qon aylanişini yaxşilaydi. Vena tomirlari kengayganda sklerozlaş va lazer koagulyatsiyasi belgilanadi. Bunday muolajalar venalarning muammoli joylarini tuzatadi yoki umuman olib taşlaydi.

Prostatit

Varikoz eng avvalo ayollar kasalligi hisoblansa, prostatit (u bilan birga adenoma ham) - faqat erkaklarga xos bölgan muammo. Ta'kidlaş joizki, prostatit yil sayin "yoşarmoqda". Bugungi kunda hatto 35 yoş va undan-da yoş  erkaklar ham prostatadan şikoyat qilib şifokorga murojaat qilişmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma'lumotlariga köra, bugungi kunda hatto 25 yoşli erkaklar ham şu kasallikka yöliqmoqda. Kuçli jins vakillarining yoşi qança katta bölsa, u bilan kasallaniş xavfi şunça yuqori böladi.