Ispaniya terma jamoasida yangi mojaro yuzaga keldi va u Kataloniya bilan boğliq emas.
Nima yuz berdi
Sentyabr oyi oxirida Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasida yangi rahbar - Xuan Luis Larrea paydo böldi. U terma jamoada marketing işlari böyiça direktor Mariya Xose Klaramuntni iste'foga çiqarişini aytdi. Biroq, yetakçi futbolçilardan Serxio Ramos, Serxi Buskets va Jyerar Pike bu voqea yuz bersa, terma jamoani tark etiş bilan tahdid qilişdi.
Mojaro şu darajaga yetdiki, hatto prezident Lixtenşteynga qarşi öyindan söng, terma jamoa kiyiniş xonasiga kiritilmadi. 19 oktabr kuni Klaramunt işdan olindi. Endi Ispaniya futbolçilarning bu voqeaga munosabatini kutmoqda.
Klaramunt xonim kim

Mariya Klaramunt – «Valensiya» klubining 70-yillardagi maşhur futbolçisi Pepe Klaramuntning qizi hisoblanadi. 2011 yilda u Ispaniya terma jamoasi marketing işlari böyiça direktor lavozimini, keyinroq esa, qöşimça ravişda Fernando Yyerro örniga sport direktori lavozimini ham egalladi.
Ispaniya matbuoti xabariga köra, sönggi yillarda Klaramunt futbolçilar orasida katta ta'sir doirasiga ega bölgan. Ammo avvalgi boş murabbiy Visente Del Boske bilan kelişolmay qolgan.
Hujjatlarda Klaramunt sirli «marketing direktori» lavozimini egallaşi körsatilgan, ammo federatsiya nizomida bunday lavozim yöq, şu tufayli uning nima vazifani bajarişi ham ma'lum emas.
Klaramunt xonim Ispaniya terma jamoasi brendini ommalaştiriş, futbolçilarning matbuot bilan muloqotini tartibga soliş, terma jamoaning safar öyinlarini, xayriya tadbirlari va örtoqlik uçraşuvlarini taşkil qiliş bilan şuğullangan. Bunda Mariyaning özi har doim panada qolgan va biror marta intervyu bermagan.
Nega futbolçilar uni himoya qilmoqda

Bir neça yillar davomida Klaramunt terma jamoaning bir qator futbolçilari – Kasilyas, Ramos, Pike va boşqalar bilan döstlaşib qolgan, ularga şaxsiy brendlarini ommalaştirişda kömaklaşgan.












