Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni "Islom hamjihatligi: Özbekiston va Ozarboyjon misolida" xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi şayxulislom Ollohşukur Poşşozoda boşçiligidagi iştirokçilari delegatsiyasini qabul qildi.
ÖzA xabariga köra, davlat rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, uşbu konferensiya taşkil qilingani va uning işida xorijiy mamlakatlardan nufuzli delegatsiyalar iştirok etgani jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirişga qaratilgan xalqaro hamkorlik tobora kengayib borayotganidan dalolat ekanini alohida ta'kidladi.
Hamkorlikdagi bunday sa'y-harakatlar jahonda muqaddas islom dinining asl qadriyatlari va insonparvarlik ğoyalarini tarğib etiş, zamonamizning xalqaro terrorizm va ekstremizm singari tahdid va xatarlariga qarşi samarali kuraşişga qaratilgani qayd etildi.
Özbekistonning «Jaholatga qarşi ma'rifat» – ta'lim olişning hamma uçun oçiqligini ta'minlaş, savodsizlik va jaholatga barham beriş kabi prinsipial yondaşuvlari nufuzli xalqaro forumlarda bir neça bor bildirildi.
Özbekiston Prezidenti Nyu-York şahrida bölib ötgan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida "Ma'rifat va diniy bağrikenglik" maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.
Şuni ta'kidlaş joizki, bugungi kunda mamlakatimizda bu yönalişda aniq maqsadga yönaltirilgan işlar amalga oşirilmoqda, xalqaro hamkorlik kengaymoqda.
Xususan, buyuk ajdodlarimiz merosini örganiş va uni kelajak avlodlarga yetkaziş maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazi taşkil etilmoqda.
Uçraşuvda bugungi kundagi global jarayonlar, xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuçayib borayotgan tahdid va xatarlar sa'y-harakatlarni birlaştiriş, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirişni taqozo qilayotgani qayd etildi. Millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, ta'limni rivojlantiriş va yoşlarning axloqiy tarbiyasini yuksaltiriş masalalari muhokama qilindi.
Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qildi
03:50 / 20.10.201717 4603 min












