2017 yilning 7 oktabrida Amerika Qöşma Ştatlarining Vaşington ştati Redmond şahrida Qur'oni Karimni çiroyli va töğri tajvid qoidalari bilan yod oliş böyiça navbatdagi musobaqa bölib ötdi, deb xabar berdi «Azon.uz».

Unda 2 va 18 yoş oraliğidagi bolalar va 18 yoşdan kattalar ham iştirok etib, öz bilimlarini sinab körişdi. Musobaqa iştirokçilari yoşlariga qarab bir neçta guruhga ajratilgan holda sinovdan ötişdi.

14 oktabrda uşbu bölib ötgan musobaqa natijalari e'lon qilinib, ğoliblar taqdirlandilar.

Ma'lum bölişiça, bellaşuvda bu safar özbek qizaloği — Maryam ham iştirok etib, 5 yoşgaça bölgan qariyb 30 nafar iştirokçi içidan 100 dan 98 ball bilan 2-örinni qölga kiritgan.

Maryamning ota-onasi aytişiça, qizaloq yaqindagina 3 yoşni qarşi olgan. Lekin yoş bölişiga qaramasdan musobaqada iştirok etib, hay'at a'zolarini öz bilimi bilan lol qoldirgan. Maryam özining bu yutuği bilan Redmond masjidi imomi bölmiş Imom Nabeelning olqişiga sazovor böldi.