Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5416-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalari hamda ilmiy maktablarda 2018 yilning 10 iyunidan boşlab “Qur'oni karim va tajvid” böyiça pullik öquv kurslari öz faoliyatini boşlaydi. Bu haqda ÖMI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Öquv kurslariga 2018 yilning 1-3 iyun kunlari soat 09:00 dan 17:00 gaça hujjatlar qabul qilinadi. 

Öquv kurslariga Özbekiston Respublikasining “Ta'lim töğrisida”gi qonuniga muvofiq örta maktabni bitirganligi töğrisidagi şahodatnoma (attestat 11-sinf), akademik litsey yoki örta maxsus ta'lim muassasasi diplomiga ega bölgan hamda 18 yoşga tölgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovçilar diniy ta'lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
- soğliği haqida tibbiy ma'lumotnoma (086-U-şakl);
- pasport nusxasi (asli körsatiladi);
- 4 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yaşaş joyidan ma'lumotnoma;

Öquv kurslar quyidagi muassasalarda taşkil etiladi:

1) Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti, Toşkent ş., (0371) 227-42-37;

2) “Kökaldoş” örta maxsus islom bilim yurti, Toşkent ş., (0371) 244-48-27;

3) “Xadiçai Kubro” ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti, Toşkent ş., (0371) 299-24-11

4) “Mir Arab” oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani (+99895) 604-45-97;

5) “Mir Arab” örta maxsus islom bilim yurti, Buxoro ş., (0365) 224-10-11;

6) “Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti, Buxoro ş., 221-77-44;

7) “Xoja Buxoriy” örta maxsus islom bilim yurti, Kitob şahri (0375) 54-27-425;