Ötgan yakşanba kuni Avstriyada taşkillaştirilgan saylov natijasiga köra, konservativ siyosatçi, 31 yoşli Sebastyan Kurts mamlakatning keyingi kansleri etib saylandi. Hukumatni şakllantiriş uçun mutlaq ovozga ega bölmagan yoş siyosatçi boşqa partiya vakillari bilan koalitsiya tuzişga majbur.
Eng avvalo, Kurtsning saylovoldi dasturiga nazar taşlaşning özi yetarli: mehnat muhojirlari, taşqi migratsiya oqimiga barham beriş, xorijiy davlat fuqarolariga çeklangan imtiyozlarni taqdim etiş uning asosiy tarğibot sözlari bölgan. Şuningdek, saylovda ğalaba qozonmagan Ozodlik partiyasi nomzodi esa anti-islom tarğibotini olib borib, musulmonlarning har qanday qadriyati Yevropa birligi va rivojlanişiga salbiy ta'sir ötkazişini ta'kidlagandi. Endilikda bu ikki nomzodning biri kansler bölib, ikkinçisi bilan hukumat koalitsiyasini tuzişi mumkin.
«Saylov natijasining bunday köriniş olişi ayni bizni qörqitib turgan dahşat edi», deydi Vena şahar imomi Ramazon Demir. Avstriya uzoq yillar oldin, 1912 yildayoq musulmonlarning rasmiy maqomi haqida qonun qabul qilgandi. 1960-70 yillarda mamlakatga iş izlab kelgan bir neça ön minglab musulmonlar jamiyatda öz örniga ega böldi. Muhojirlar masalasida Avstriya avvaliga, Bolqon yarimorolidan, Afğoniston, söngra, Suriya, Liviyadan boşpana izlab kelganlarni öz bağriga olgandi.
Ammo sönggi payt, Parij Bryusell teraktlari körlab yevropaliklarda qörquv hissini oşirib yubordi. Uning ustiga islom madaniyati va olami bilan yaxşi taniş bölmagan aholi musulmon va ekstremistning bir jismda köra boşladi. Avstriyaning yangi kansleri ham ana şunday ijtimoiy vakuumdan foydalana bildi. Dunyoning eng yoş taşqi işlar vaziri sifatida faoliyat olib borgan davridayoq Sebastyan Kurts mahalliy qonunçilikda mamlakat içidagi musulmon jamoalarni çetdan qöllab-quvvatlaşga taqiq qöyişga erişgandi.
Bir paytlar natsist harbiylar tomonidan asos solingan Ozodlik partiyasining qaraşlari tufayli 2000 yillarda Avstriya hukumat qattiq tanqidlarga uçragan, hattoki, Yevropaning bir neçta davlatlari unga qarşi sanksiya kiritgandi. Bu gal barçasi özgaça, Ozodlikning hukumat boşiga kelişi heç kimni taşvişga solmayapti.












