Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti otda qurilish obektlarini ko‘zdan kechirdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodning janubiy qismida qurilishi rejalashtirilgan obektlar loyihasi, ularning joylashuvi bilan tanishdi, shuningdek, otda sayr qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
Berdimuhamedovning otdagi safari Kopetdog‘ tog‘ etaklarida amalga oshirilgan.
Ashxobod shahri hokimi Sh.Durdiliyev va Fransiyaning «Buig Batiman» qurilish kompaniyasi vakili olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi, shuningdek, poytaxt janubida qurilishi mo‘ljallangan turli maqsaddagi obektlar loyihalari taqdim etildi. Turkmaniston prezidenti loyihalar bilan tanishib, binolar joylashuvi, muhandislik yechimlari bo‘yicha zamonaviy amaliyotlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deya ta'kidlanadi matnda.
«Turkmaniston prezidenti otdagi safari davomida Ashxobodning oq marmarli ko‘rinishidan zavq oldi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026