Özbekistonning qator xalqaro reyting va indekslardagi körsatkiçlari yaxşilanmoqda. Bu haqda Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşining navbatdagi yiğilişida söz bordi.
Yiğilişga Oliy Majlis Senati raisi va Respublika kengaşi raisi Tanzila Norboyeva rahbarlik qildi.

Ta’kidlanişiça, joriy yilning ötgan davrida Özbekistonning bir qator xalqaro reytinglardagi pozitsiyasi sezilarli darajada mustahkamlangan. Xususan, xalqaro reyting agentliklari - Fitch Ratings va S&P mamlakatning suveren kredit reytingi kutilmasini «barqaror»dan «ijobiy»ga oşirdi. Moody’s esa Özbekistonning kredit reytingini «Va3» darajasidan «Va2» darajasiga kötardi.
Iqtisodiy erkinlik indeksida Özbekiston 14 poğona yuqorilab, 184 davlat orasida 86-örinni egalladi. Mamlakat 60,3 ball bilan ilk bor «örtaça erkin» davlatlar qatoriga kirdi. Avvalgi yillarda Özbekiston «asosan erkin bölmagan» davlatlar guruhida qayd etilgan.

«Ayollar, biznes va qonun» indeksida ham sezilarli ösiş kuzatildi. Özbekiston 43 poğona kötarilib, 190 mamlakat orasida 48-örinni egalladi. Mamlakat gender tenglikni ta’minlaş va ayollarning iqtisodiy faolligini qöllab-quvvatlaş böyiça eng katta huquqiy islohotlarni amalga oşirgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Yiğilişda yangi ustuvor yönalişlar böyiça xalqaro reytinglar bilan işlaş zarurati ham qayd etildi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi natijalarni baholovçi indekslarga alohida e’tibor qaratiş taklif etildi. Ma’lumotlarga köra, Oxford Insighs taşkilotining Hukumatning sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida Özbekiston 2020-yildagi 95-örindan 2025-yilda 62-öringa kötarilgan va MDH hududida eng yuqori natijani qayd etgan davlatga aylangan.

Şu bilan birga, ekologik yönalişdagi körsatkiçlar tahlil qilinib, Atrof-muhit samaradorligi indeksidagi natijalar muhokama qilindi. Yyel va Kolumbiya universitetlari tomonidan şakllantiriladigan mazkur indeksda Özbekiston 2026-yilda 177 davlat orasida 121-örinni egallagan. Bu körsatkiç 2024-yildagi 107-öringa nisbatan pasayişni anglatadi.














