Samolyotda bir marta bölsa ham uçgan köplab odamlarda nima uçun samolyotlarda uning qulaşi vaziyatiga paraşyutlar berilmasligi borasida savol tuğilgan bölsa kerak.

Samolyotlarda paraşyutlar berilmasligiga bir neçta sabab bor:

Foto: © depositphotos   © depositphotos    
Foto: © depositphotos   © depositphotos    

Birinçidan, yölovçi samolyoti juda işonçli transportdir Taqqoslaş uçun: parvoz vaqtida halok böliş ehtimoli 1:11 000 000 ni, yöl-transport hodisasida esa 1:5 000 ni taşkil qiladi.

Ikkinçidan, samolyot taxminan 10-12 km balandlikda 800-1000 km/soat tezlik bilan uçadi. Bunday şaroitlarda paraşyut umuman befoydadir: bort ortida harorat minus 40 gradusdan minus 60 gaça, atmosfera siyraklaşgan böladi va deyarli kislorod bölmaydi. Bunday şaroitlarda inson omon qololmaydi.

Uçinçidan, turbulentlik hududiga tuşiş serhayajon yölovçilarda sarosima keltirib çiqarişi mumkin. Bu holat parvoz vaqtida vaziyatni taranglaştirib, uni ba'zi insonlar uçun çidab bölmas qilişi mumkin.

Foto: © depositphotos   © depositphotos    

Törtinçidan, aviafalokatlarning aksariyati samolyotning qönişi yoki uçişi vaqtida yuz beradi. Bunday şaroitida esa yölovçilar paraşyutdan foydalanişga ulgura olmaydilar, çunki bunday past balandliklarda uni oçişga ulgurib bölmaydi.

Beşinçidan, aviafalokat vaqtida odamlar sarosimada böladilar va ularning bunday şaroitda paraşyut taqişi va sakraş joyiga tartibli holda yetib boriş juda muşkul masaladir.

Foto: © depositphotos  

Oltinçidan, 100-500 kişi uçun paraşyutlar komplektini taşiş juda muşkuldir. Çunki bunda samolyotlarni qöşimça yuk bilan yuklaşga töğri keladi, yölovçilar yukini joylaş uçun joy qolmaydi. Bundan taşqari, bu aviaçiptalar narxi oşişiga olib keladi, çunki paraşyutlar ança qimmat turadi.