Kuala-Lumpur aeroportining xalqaro terminalida KXDR rahbari Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning öldirilişida ayblanayotgan ikki ayol iştirokida tergov harakatlari bölib ötdi. Indoneziyaning 25 yoşli fuqarosi Siti Aysia va Vetnamning 28 yoşli fuqarosi Doan Txi Xuong aeroportga kişan taqilgan holda, zirhli jiletlar va nogironlar aravaçasida olib kelindi, deb xabar bermoqda Reuters. Ularga sud amaldorlari hamda politsiyaning 200 dan ziyod xodimlari hamrohlik qilgan.
Kuala-Lumpur aeroportida Kim Çen Namga hujum 13 fevral kuni yuz berdi, erkakning yuziga VX asab-falajlovçi zahar surtilgan. Himoya iddaosiga köra, ayblanuvçilar özlarini televizion dasturda iştirok etişayotgan deb öylaşgan hamda zahar haqida xabardor bölmaganlar. Janubiy Koreya va amerikalik ba'zi amaldorlarning fikriça, Kim Çen Namning ölimi ortida Şimoliy Koreya rejimi turgan bölişi mumkin. Kim Çen Inning akasi Makaoda istiqomat qilgan hamda KXDR hukumatini tanqid qilgan.

Kim Çen Namning ölimida gumonlanayotgan Indoneziya fuqarosi Siti Aysia Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Politsiya Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Kim Çen Namning ölimida gumonlanayotgan Vetnam fuqarosi Doan Txi Xuong Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Kim Çen Namning ölimida gumonlanayotgan Indoneziya fuqarosi Siti Aysia Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr




















