Maqolada Batik Air (sobiq Malindo Air) loukoster aviakompaniyasining strategik rivojlaniş böyiça direktori Çandran Rama Muti uşbu aviataşuvçi Malayziya va Özbekiston örtasida haftasiga uç marta aviaqatnovlar amalga oşiriş rejalaştirilayotgani, birinçi reys şu yilning noyabr yoki dekabr oylarida boşlanişini ma’lum qilgan.
Çandran Rama Mutining The New Straits Times gazetasi muxbiri bilan suhbatda bildirişiça, Batik Air ayni paytda Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda va parvozlarni boşlaş uçun ruxsat berilişini kutmoqda.
“Toşkent Qozoğistonning Olmaota şahri bilan soliştirganda kattaroq bozor. Biz hali Toşkent xalqaro aeroporti bilan muzokaralar olib boryapmiz. Toşkent xalqaro aeroporti Özbekistondagi eng yirik xalqaro aeroport bölib, 2019 yilda yölovçi taşiş hajmi böyiça Markaziy Osiyo aeroportlari içida uçinçi örinni egallagan”, deydi Çandran Rama Muti.
Batik Air “Kuala-Lumpur-Toşkent” yönalişida “Boing” kompaniyasining tor fyuzelyajli B737 MAX8 yoki Airbus'ning keng fyuzelyajli A330 samolyotlaridan foydalanişi mumkin, çunki ular 8,5 soatgaça parvoz qila oladi.

















