Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavçenko şu yilning noyabr oyida Toşkentga taşrif buyurişni rejalaştirgan. Bu haqda Sputnik agentligi Özbekistondagi Rossiya savdo vakolatxonasidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Taşrif sanasi va rejalaştirilgan uçraşuvlar dasturi ma'lum emas.
Vakolatxona ayni paytda oktabr-noyabr oylarida işbilarmonlik tadbirlari doirasidagi biznes-missiyalarning bir qator rasmiy uçraşuvlarini ötkazişga tayyorgarlik körmoqda.
Uşbu davrda Sankt-Peterburg gubernatori Poltavçenko rahbarligidagi madaniy-işbilarmonlik missiyasini, Özbekiston Respublikasidagi Çelyabinsk viloyati kunlarini, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlari — Boşqirdiston, Orenburg viloyati, Oltoy ölkasi rahbariyatlari taşriflarini, şuningdek, Kaliningrad, Omsk, Vladimir, Orlov, Yaroslav va boşqa viloyatlardagi Rossiya korxonalari biznes-missiyalarini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekistonga viloyatlar darajasidagi taşrif sönggi marta 2011 yilda, ya'ni 6 yil oldin röy bergan. Öşanda Tambov viloyati gubernatori Özbekistonga kelgandi.
2017 yilning 5 aprelida Özbekiston prezidentining Rossiyaga taşrifi davomida hukumatlararo hujjatlar imzolanganidan söng esa joriy yilning özida ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari boşçiligidagi delegatsiyalar taşrifi 8 marta amalga oşirildi. Yil oxiriga qadar yana beşta taşrif rejalaştirilgan.









