Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Sankt-Peterburg şahri gubernatori Georgiy Poltavçenkoni qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, Şavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, joriy yilda bölib ötgan oliy darajadagi samarali uçraşuvlar va ularning yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar, jumladan, aprel oyida imzolangan ikki mamlakat mintaqalari örtasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim Özbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi sub'yektlarining amaliy hamkorligini, avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollaştirişga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Sankt-Peterburg şahri örtasidagi an'anaviy yaqin va özaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Bugungi kunda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 200 million dollarni taşkil qilmoqda. Sankt-Peterburg şahrida 1 millionga yaqin yurtdoşimiz mehnat faoliyatini amalga oşirmoqda. Şaharning yetakçi oliy öquv yurtlarida 3 mingdan ziyod yoşlarimiz ta'lim olmoqda.
Özaro savdo hajmini oşiriş va yetakçi korxonalar örtasida kooperatsiyani kengaytiriş uçun mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş zarurligi qayd etildi.
Soğliqni saqlaş, ta'lim va turizm sohalarida qöşma dastur va loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Sankt-Peterburg şahri gubernatori Georgiy Poltavçenko Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik bildirdi. Özbekiston bilan ustuvor yönalişlarda keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.












