25 oktabr kuni Anqarada Özbekiston va Turkiya prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdöğan örtasidagi muzokaralardan söng ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuv taşkillaştirildi.
Unda Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdöğanning ta'kidlaşiça, bu taşrifning Özbekistondan mamlakatga 20 yil tanaffusdan söng amalga oşgani katta ahamiyat kasb etadi.
“Bu jihatdan uşbu taşrif biz uçun juda ahamiyatlidir. Muhtaram döstim Mirziyoyev bilan avval özaro, söng kengaytirilgan tarkibda uçraşuvlar amalga oşirdik. Ular juda foydali bölib ötdi. Uçraşuvda iqtisodiyot, mudofaa sanoati, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, ta'lim, madaniyat va juda köp sohalardagi hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqdik. Özbekiston Örta Osiyoda 31,5 mln. aholisi bilan juda boy yer osti va yer usti boyliklari bilan har jihatdan strategik mamlakat hisoblanadi. Dunyoning eng yirik yettinçi tabiiy gaz, törtinçi uran, oltinçi paxta işlab çiqaruvçi va ikkinçi yirik paxta eksportçisi vaziyatidadir. Bunga qaramasdan iqtisodiy, savdo aloqalarimiz orzu etilgan saviya, bosqiçda bölmaganiga guvoh bölamiz. Özaro tijorat hajmi 2016 yilda 1,2 mlrd. dollar atrofida. Bu yilning dastlabki sakkiz oyida esa 9 mln. dollarga kötarildi. Qisqa muddatda uşbu raqamlarni yuqori saviyalarga kötaramiz”, - degan Erdöğan.
Şuningdek, Turkiya rahbarining qayd etişiça, Istanbul şahrida taşkillaştirilayotgan biznes-forum unumli bölib ötişiga işonçi komil.
Bundan taşqari, Erdöğanning sözlariga köra, turizm sohasida ham qator loyihalarni amalga oşiriş möljallangan.
“Janob prezidentning aytganlaridek, biz Özbekistonda çanği markazini ham qurmoqçimiz. Yana bir xuşxabarni aytmoqçiman: “Turkiya havo yöllari” 16 martdan Istanbuldan Samarqandga muntazam reyslarni amalga oşiradi. Şunday qilib, har ikki birodar jamiyat özaro aloqalarni yana ham yuqori bosqiçga kötaradi”, - dedi u.
Erdöğan Özbekiston Xalq şoiri, marhum Abdulla Oripovga tegişli misralarni ham öqib bergan va Turkiya Özbekistonning döst, birodar sifatida har jihatdan kuçli bölişini orzu qilişi haqida aytib ötdi.












