Italiyaning Tuttosport naşri «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappeni Yevropaning 2017 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisi deb e'lon qildi. Rosssiyaning «Çempionat» naşri bu sovrinning avvalgi sohiblari va ularning taqdiri haqida maqola tayyorladi.

2016 yil - Renatu Sanşeş

Sovrinni qölga kiritiş sababi

Foto: Reuters

18 yoşida «Benfika»ning asosiy tarkibiga kirib, maydon markazida jonbozlik körsatib, porladi. Ajoyib jismoniy holatiga köra, hatto Halk kabi yulduzlarni maydonda osonlikça töpsiz qoldirardi.

Qölga kiritgan yutuqlari

Portugaliya terma jamoasidan çaqiriq uzoq kuttirmadi. Yevro-2016 musobaqasida asosiy tarkibda tez-tez maydonga tuşirildi. Juda ham porlamagan bölsa-da, şarmanda ham bölmadi. Qit'a çempioni böldi. Çempionatdan söng «Bavariya»ga ötdi.

Hozirgi ahvoli

Karlo Ançelotti «Bavariya»ga kelgaç, Sanşeşni asosiy tarkibdan çiqardi. Yigitça tajriba orttiriş uçun APLga, «Suonsi»ga ketdi. Renatu u yerda doimiy öyin amaliyotiga ega bölayapti, biroq jamoasi muvaffaqiyatsiz öynamoqda. 9 turdan söng «Oqquşlar» 15-örinni egallab turibdi.

 

2015 yil - Antoni Marsial

Sovrinni qölga kiritiş sababi

Foto: Reuters

«Monako» tarkibida bir mavsumda urilgan 12ta goli va yoş bölişiga qaramay, ajoyib öyini bilan katta klublar e'tiboriga tuşdi. Ammo heç kim bu yigitça uçun 60 mln yevro berilişini kutmagan edi. Marsial «MYu» tarkibidagi dastlabki öyinida çiroyli gol urgaç, hamma «Old Trafford»da Terri Anrining merosxöri paydo bölgani haqida gapira boşladi.

Qölga kiritgan yutuqlari