Istanbul sudi sud jarayoni tugagunça taşqariga çiqmaslik şarti bilan Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkilotining 8 nafar faolini ozod etişga qaror qildi. Bu haqda Sabah naşri xabar bermoqda.
Huquq himoyaçilari terrorçilik taşkilotiga a'zolikda ayblanmoqdalar. Hammasi bölib 11 nafar faolga ayblov bildirilgan, ulardan 8 nafari hibsda uşlab turilgan. Turkiya prokuraturasi ularga 5 yildan 15 yilgaça qamoq jazosi berilişini talab qilmoqda.
Faollar, ular orasida Amnesty International’ning Turkiyadagi direktori Idil Eser ham bor, 6 iyulda Istanbul yaqinidagi Byuyukada orolidagi mehmonxonada huquqni himoya qiliş anjumani vaqtida uşlanganlar. Amnesty International ularni ozod qilişni talab qilgan, biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan huquqni himoya qiliş taşkilotini Turkiyada davlat töntaruvini amalga oşirişga tayyorgarlik körişda ayblagan. Şundan keyin Eser va uning 7 hamkasbi, jumladan Germaniya fuqarosi Peter Ştoydtner hibsga olingan.












