Amerikaning Google kompaniyasiga egalik qiluvçi Alphabet korporatsiyasi 3-moliyaviy çorakni ham muvaffaqiyatli yakunlab, 6,7 mlrd dollar miqdoridagi sof daromad kördi. 26 oktabrda e'lon qilingan korporativ hisobotda şu haqda söz yuritilgan. 

Şunday qilib kompaniya ötgan yilning uçinçi çoragi bilan taqqoslaganda taxminan 1,6 mlrd dollar daromad körgan. Bitta aksiyadan körilgan foyda 9,57 dollarni taşkil etgan.  Alphabet tuşumi hisobot davrida bir yil avvalgi 22,4 mlrd dollardan 27,8 mlrd dollarga ösgan. Tahlilçilar bu körsatkiç çorak yakuniga köra, 27,2 mlrd dollardan oşmasligini taxmin qilişga edi. 

Biroq kompaniya aksiyasi Nyu Yorkdagi savdolar yopilişida atigi 3 foizga ösdi va 1,02 ming dollarni taşkil eti. Umuman joriy yil mobaynida Alphabet aksiyalari 25 foiz qimmatlaşdi. Reuters agentligining yozişiça, korporatsiya çorak yakunlariga binoan reklamadan tuşayotgan daromadlar sezilarli oşganini namoyiş qildi va sarmoyadorlarning xavotirlarini pasaytirdi. 

Google – Amerikaning transmilliy oçiq korporatsiyasi bölib, internet qidiruv va reklama texnologiyalariga sarmoya kiritadi. Bundan taşqari onlayn xizmatlar va yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.