Jahon | 00:21 / 28.10.2017
15561
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy odami poliomiyelit kasalligi joriy yilda butkul yo‘q qilinishini aytdi

Foto: EAST NEWS

Bugungi kunda poliomiyelit bilan kasallanishning bor-yo‘g‘i 12 ta holati qayd qilingan. Bu kasallanish holatlari Pokiston va Afg‘onistondagina uchragan.

Poliomiyelit virusi odamdan odamga o‘tadi. U juda yuquvchandir va asab tizimiga ta'sir qilib, bir necha soat ichida falajlikka olib kelishi mumkin. Ushbu kasallik bilan kasallangan bolalardan 5-10 foizi ularning nafas olish mushaklari qisqarishdan to‘xtashi sababli vafot etadilar. "Mikrosoft" kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning bolalarni poliomiyelitdan emlanishiga katta mablag‘lar ajratuvchi jamg‘armasi bu kasallik joriy yilda yo‘q bo‘lib ketishini aytgan.  

2016 yilda bu kasallik bilan kasallanishning 74 holati, 2016 yilda 37 holati qayd qilingan. Bunday natijalarga 122 ta davlatda 2,5 milliard bolaning ommaviy emlanishi evaziga erishilgan.

Poliomiyelitga qarshi birinchi vaksina 1955 yilda yaratilgan. Shundan keyin ham 30 yil davomida har yili 350 mingta kasallanish holati qayd qilingan. 1988 yilda Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi tashkiloti poliomiyelitdan ommaviy emlash dasturini yo‘lga qo‘ygan. Geytslar jamg‘armasi bunga qo‘shilib, kasallikni butkul yo‘q qilish uchun 3 mlrd dollar ajratgan. Poliomiyelit bilan bir necha yillik kurash virusni 99,9 foizga mag‘lub etishga olib kelgan. Bu 13 mln kishini falajlikdan qutqarib qolgan. Dunyoning eng boy odami poliomiyelit chechakdan keyin butunlay yo‘q bo‘lib ketadigan ikkinchi kasallik bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Biroq ba'zi davlatlarda siyosiy va ijtimoiy beqarorlik tufayl hanuzgacha bolalarni emlashni tashkillashtirish murakkabligicha qolmoqda. "Afg‘onistonning Shimoliy Vaziristonida toliblar bolalarni emlashni taqiqlashadi. Bundan tashqari, Afrikada emlash bilan shug‘ullangan shifokorlar jamoalarining o‘ldirilgani haqida xabarlar ham bor", deb aytgan Geytsning rafiqasi Melinda.

Joriy yozda Geystlar jamg‘armasi yana 450 mln dollar ajratib, poliomiyelit bilan kurashga nuqta qo‘ymoqchi. Hozir xavf ostida Markaziy Afrika, Janubiy Sudan va Ukraina qolmoqda.

Geystning fikricha, yuqumli va surunkali kasalliklar yaqin yillarda insoniyatga katta xavf soladi. 

Mavzuga oid