Londonning Xitrou aeroporti Buyuk Britaniya poytaxti köçalaridan birida aeroportda xavfsizlikni ta'minlaş bilan boğliq ma'lumotlar saqlangan fleşka topib olingandan keyin tergov boşladi.
Sunday Mirror naşri ma'lumotlariga köra, fleşkani boşpanasiz erkak topib olgan. Unda aeroportda aksilterrorçilik tadbirlarini ötkaziş vaqtida xavfsizlikni ta'minlaş haqida 174 ta fayldan iborat 76 ta papka bölgan.
Ma'lumotlar orasida Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II qanday yöl bilan aeroportga borişi va uni qöriqlaş uçun qanday xavfsizlik çoralari körilişi, teraktlarning oldini olişga javobgar patrul jadvali kabi ma'lumotlar bölgan. Bundan taşqari, fleşkada Buyuk Britaniya hukumati a'zolarining yuriş yöllari va qöriqlanişi, kameralar, tunnellar va aeroportdan çiqiş joylarining joylaşgan örinlari haqida ma'lumotlar ham bölgan.
Fayllardan köpçiligi "maxfiy" yoki "kiriş çeklangan" deb belgilanganiga qaramay, ularni oçiş uçun parol söralmagan.
Aeroport vakilining ma'lum qilişiça, Xitrouda xavfsizlikni ta'minlaş böyiça barça rejalar tekşirib çiqilgan va aeroport yaxşi himoyalanganiga işontirilgan. Fleşkani topib olgan erkak aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomondan söroq qilingan.
"Biz bu holat qanday yuz berganini aniqlaş yuzasidan içki tergov boşladik va bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uçun tegişli çoralar köramiz", deb aytgan aeroport vakili.













