Rossiyalik oğir atletikaçi 440 kilogrammlik ştangani kötarib, jahon rekordi örnatdi

Rossiyalik Yuriy Belkin 440 kilogrammlik ştangani kötarib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda NTV xabar bermoqda. 

Sportçining özi 103 kg keladi. Şu tariqa,. Belkin öz vaznidan 4 marta oğirroq keladigan ştangani kötara olgan. 

Bu boradagi avvalgi rekord amerikalik oğir atletikaçi Kayler Volamga tegişli bölgan. U 2017 yil yozida 421,5 kg lik ştangani kötara olgan.

Belkin pauerlifting böyiça Rossiya terma jamoasi a'zosi, klassik pauerlifting böyiça ösmirlar orasida 2 karra jahon çempioni, erkaklar örtasida Rossiya va jahon çempioni hisoblanadi. U 2016 yilda ham rekord örnata olgandi: öşanda uning natijasi 420 kg ni taşkil etgan.