AQŞning Ipsilanti aholi punktida pauerlifting bilan şuğullanuvçi sportçi avtomobilni joyidan qözğatib, u bosib qolgan odamni qutqargan. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
29 yoşli Rayan Belçer iş kuni oxirida qattiq şovqin ovozini eşitib, nima yuz berganini biliş uçun taşqariga yugurib çiqqanda, yöl-transport hodisasidan keyin ağdarilib yotgan Jeep Cherokee maşinasini körgan. Uning ostida bir odam yotgan bölgan. Jabrdiydaning pastki qismi maşina salonida bölgan, yuqori qismi esa maşina va yöl belgisi örtasida siqilib qolgan bölgan.
“Men kelganimda, u yerda 4 kişi bor edi. Ular maşinani joyidan siljitişmoqçi bölişgan, biroq bundan heç narsa çiqmasligi körinib turardi”, deb eslagan voqeani Belçer. Şunda pauerlifter bu vaziyatda maşğulotlar vaqtida egallagan malakalari asqotişini anglagan. Sportçining ta'kidlaşiça, u 400 kgdan oğirroq ştanga bilan ötirib tura oladi.
Natijada Belçer maşinani joyidan qözğatib, jabrlanuvçini ozod qilişga muvaffaq bölgan. Jabrlanuvçi jiddiy jarohatlar olganiga qaramay, omon qolgan. Maşina içida bölgan yana bir ayol yölovçi şifoxonaga yetkazilgan.












