Kompaniyaning har qanday muvaffaqiyati köpinça kadrlar salohiyati bilan belgilanadi. Bu rivojlanişning muhim omillaridan biridir – bunga şak-şubha yöq! Yangi davr mutaxassislarini işga qanday jalb etiş, ularni nima bilan qiziqtiriş, yuqori natijalarga erişişga qanday undaş mumkin? Bu sohada xodimlar tanlovi jarayoni samarasini maksimal darajada oşiriş uçun yirik korxonalar top-menejyerlari qöllaydigan bir qator strategiyalari mavjud. Yuqori maoş, katta korporativ maqsadlar, lavozim poğonalarida ösiş – natijalarga intiluvçan mutaxassisni yana nimalar bilan jalb qiliş mumkin?
«Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi öz aktivlariga malakali mutaxassislarni jalb qilişning eng samarali usulini qöllaydi. U mutaxassislarni işga şunçaki jalb etmaydi, balki bevosita oliy ta'lim muassasalari talabalari va ta'lim muassasalari öquvçilarining öqitiş jarayonida ham iştirok etadi, ya'ni kelajakni uning şakllanişining dastlabki bosqiçlaridanoq sarmoyalaydi.
UZTELECOM innovatsion texnologiyalarni joriy etib, mintaqaviy soha OTM va kasb-hunar kollejlarini sifatli aloqa bilan ta'minlamoqda. Ularning moddiy-texnik bazasini yangilamoqda, laboratoriyalarni modernizatsiya qilmoqda. Bundan taşqari, kompaniya mutaxassislari mazkur ta'lim muassasalarining – öqişni bitirib, qayerga işga joylaşişini oldindan bilgan bitiruvçilari diplom işlariga taqrizçilik va rahbarlik qilmoqdalar. Kompaniya filiallarida ta'lim muassasalari bitiruvçilarining işga qabul qiliş böyiça maxsus reja işlab çiqilmoqda, mazkur rejaning ortiqçasi bilan bajarilişini – oddiy amaliyot körsatadi.

Bugungi kunda «Özbektelekom» AK tizimida 15 300 nafardan ortiq xodim işlaydi, ulardan deyarli uçdan bir qismi – oliy ma'lumotli mutaxassislardir.
Şuni ta'kidlaş kerakki, kompaniyaning poytaxtdagi filiallarining köpçilik xodimlari – bu Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti va poytaxtimizdagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlari, şuningdek, Toşkent aloqa kasb-hunar kollejlarining bitiruvçilaridir.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tizimida jami 72 ta kasb-hunar kollejlari bölib, ulardan 25 tasi «Özbektelekom» AKga biriktirilgan.
Kompaniyaning rivojlaniş strategiyasida, muntazam ravişda, kadrlar malakasini oşirişga alohida e'tibor qaratiladi. Bu yerda mutaxassislar yuqori kasbiy-mutaxassislik darajasini qöllab-quvvatlaşlariga ğamxörlik qilinadi. UZTELECOM mutaxassislari mamlakatimiz va çet ellardagi turli öquv kurslari hamda AKT böyiça seminarlar va boşqa şu kabi intellektual forumlarning doimiy iştirokçilaridir.












