Doing Business-2018 reytingida Özbekiston 74-örinni egalladi. Bu haqida taşkilotning 31 oktabr kuni çop etilgan hisobotida ma'lum qilindi.
"Doing Business-2018: işçi örinlarni yaratiş yölidagi islohotlar" reytingi Jahon bankining 15-yillik hisoboti hisoblanadi. Reyting 190 mamlakatdagi barça biznes-qoidalar va mulk huquqlari himoyasiga doir körsatkiçlardan kelib çiqib tuziladi.
Doing Business biznes hayotidagi 11 sohani qamrab oladi. Bu sohalardan 10 tasi biznes yuritişdagi yengilliklarga köra qayd etilgan: biznesni boşlaş, qurilişga ruxsat oliş, köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş, kredit oliş, soliqlarni tölaş, çegaralar orqali savdo qiliş, şartnomalar tuziş va h.k.
2018 yilgi reytingning ilk uç örnini Yangi Zelandiya, Singapur va Daniya egallagan. Koreya Respublikasi, Hongkong va AQŞ 4-,5- va 6-örinlarda qayd etilgan. Kuçli önlikka, şuningdek, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Gruziya va Şvetsiya kiritilgan.
Hisobotga köra, 119 mamlakat işbilarmonlari özlarining normativ doiralarini yaxşilaşga muvaffaq bölişgan.

2016-2017 yilda köplab mamlakatlarda biznes yuritişni yengillaştirişga doir qator işlar amalga oşirilgan. Bu röyxatda 34 mamlakat nomi qayd etilgan: Özbekiston, Angola, Ozarboyjon, Benin, Butan, Bruney, Kabo-Verde, Jibuti, Salvador, Gruziya, Hindiston, Indoneziya, Yamayka, Qozoğiston, Keniya, Kosovo, Litva, Malavi, Malayziya, Mavritaniya, Mavrikiy, Niger, Nigeriya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Ruanda, Saudiya Arabistoni, Senegal, Serbiya, Tailand, Ukraina, BAA, Vetnam, Zambiya.









