Rossiya saytlaridan birida yaqinda «Yaşaş böyiça mutaxassis» vakanciyasi paydo böldi. Qandaydir quriliş bilan şuğullanuvçi taşkilot hayratlanarli işni taklif qildi: bir neça oy davomida endigina qurilib, yangi ta'mirlangan va jihozlangan uyda yaşaş, öz taassurotlarini kameraga yoziş, va bu uçun kamida 1400 AQŞ dollari oliş.

Kompaniya (nomini aytmaymiz) vakansiyaga berilgan izohda aytişiça, şu yöl bilan mijoz ehtiyoji haqida köplab ma'lumotlarni olişga erişgan. Bu taklif faqat bitta savolni keltirib çiqaradi: agar turar-joy majmuasida hamma narsa ajoyib bölsa, nima uçun u yerda na kompaniya asosçisi va na xodimlari yaşaydi?

Nima uçun aynan şu savol xayolga keladi? Çunki köpinça şunday holatga duç kelamizki, u yoki bu mahsulotlar yaratuvçilari öz «ijod mahsul»larini maqtaydi, ammo özlari undan foydalanişga şoşilmaydi. Va bu plastik stakanlardan tortib, turar-joylargaça bölgan hamma narsaga tegişli. Agar u yoki bu brend ustida işlaydiganlarning özi unga işonmasa, unga biz qanday işona olamiz?

Bizning mamlakatimizda, afsuski, bu boradagi vaziyatni yaxşiroq deb bölmaydi. Jurnalistik sörov (anonim, albatta) çoğida söralganlarning faqat beşdan bir qismigina özlari yaratadigan narsani sinovdan ötkazişi va qöllaşini aytdi. Bunday odamlardan biri Murad Buildings asosçisi Murod Nazarov bölib çiqdi.

Foto: Murad Buildings

Ma'lum bölişiça, 2010 yildan buyon u Millenium turar-joy majmuasida istiqomat qiladi, u kompaniyaning birinçi loyihasi bölib, Yunusobod tumanida joylaşgan bir massivli uydir. Biz yuqorida Murad Buildings asosçisini bir neçta savollarga javob berişga köndirdik.

J: Murod, nima uçun Siz yaşaş uçun hovli-joy emas, aynan köp qavatli uydagi xonadonni tanladingiz?

MN: Murad Buildings hovlilarni qurişni boşlasa, balki öşanda men ham köçib ötarman. Lekin, hozir qurigan uylarimiz bizning barça ehtiyojimizni qondiradi. Özimiz u yerda yaşaşni istamayotgan bölsak, biz qanaqa uy qurayotgan bölamiz?