“Marsel” klubi rasmiy saytida himoyaçi Patris Evraning jamoadan çetlatilganini e'lon qildi. Frantsuz Yevropa ligasi guruh bosqiçining 4-turida “Vitoriya Gimaraynş” bilan uçraşuvda muxlislardan birining boşiga oyoği bilan zarba bergan.

Uçraşuv boşlanmasdanoq futbolçi muxlislar tomondan öz nomiga bildirilayotgan haqoratlarga doş berolmay, muxlislardan birining boşiga tepgan. Keyinroq boşqa bir muxlis Evra muxlislarni onasidan sökkanini aytgan.

“Marsel” prezidenti Jak-Anri Eyro Evra bilan uçraşib, unga jamoadan darhol çetlatilişi va ehtimol jarimaga tortilişi mumkinligini ma'lum qilgan. Klub tomondan ötkazilgan içki tergovning birinçi natijalari öyinçini haqorat qilgan bir neça iğvogar muxlislar tomondan nomaqbul harakatlar amalga oşirilganini körsatdi.

Evra professional va tajribali öyinçi sifatida bunday noörin yöl bilan javob qaytarmasligi kerak edi. Klub tergovni davom ettirib, öz ixtiyorida bölgan barça vositalarni klubga ehtiroslar körinişi ostida öyinçini qöllab-quvvatlaş örniga uni haqorat qilib, klub obrösini xavf ostiga qöyuvçi şasxlarga qarşi qöllaydi”, deb aytilgan klub saytida. 

Endi Futbolçining Marseldagi bölğusi taqdiri oliy futbol idoralari çiqaradigan qarorga boğliq böladi.