24 fevral, duşanba kuni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uç yilligi munosabati bilan Marselda ötkazilgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşga bağişlangan namoyişda ikki erkak qölga olindi. Bu Rossiya Boş konsulligi hududidagi portlaş munosabati bilan yuz berdi, deya xabar qildi BFM TV.
Jurnalistlarning yozişiça, qölga olinganlar 48 va 59 yoşda, ular diplomatik muassasadagi videokuzatuv kameralari orqali aniqlangan. Ulardan biri portlaşga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Rossiyaning Marseldagi boş konsulligi hududida portlaş
24 fevral kuni ertalab Rossiyaning Marseldagi boş konsulligi binosi devoriga uçta portlovçi moslama taşlangan, ulardan ikkitasi portlagan. Portlaş oqibatida heç kim jabrlanmagan, hujumçi esa yaşiringan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Fransiya rasmiylarini voqeani har tomonlama tekşirişga çaqirdi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova terrorçilik harakati alomatlari borligini aytdi. Moskva, şuningdek, Fransiyadagi Rossiya diplomatik vakolatxonalari uçun xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga çaqirdi.












