30 oktabr kuni poytaxtimizdagi “Yoşlar ijod saroyi”da Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ilk marotaba ötkazilayotgan “Youth techno art” (Bolalarning texnik ijodkorligi) festival-tanlovining respublika bosqiçi ötkazildi. Mazkur tanlovning “Radiotexnika, elektronika va aloqa” yönalişida Xorazm viloyatidan taşrif buyurgan Nodirbek öz ixtirosi bilan faxrli birinçi örinni qölga kiritdi.

Kun.uz muxbiri festivalning yakuniy bosqiçida iştirok etib, yoş ixtiroçi bilan maxsus intervyu tayyorladi.

Tanişing: Boltayev Nodirbek
Qayerda öqiydi: Urganç şahar 1-son maktabi, 7 sinf öquvçisi
Ixtiro nomi: Asl parranda zotlari fermasi
Kimlar uçun möljallangan: tadbirkorlar, fermerlar, parrandaçilar

Foto: "Jajji akademik" jurnali

Texnika yönalişida biron-bir yangilik yaratiş ançayin murakkab jarayon sanaladi. Nodirbek, ayting-çi, bu sohaga bölgan iştiyoqingiz qaçon uyğondi?

Texnika yönalişiga 2013 yildan buyon qiziqa boşladim. Bu sohaga bölgan qiziqişimga ustozim Odilbek Ernazarov sababçi bölgan. Dastavval, turli kemalarni yasaşni örgandim. Keyinçalik esa darsdan böş vaqtda boşqa bir texnik qurilmalar, loyihalar yaratiş bilan şuğullana boşladim.

Bugungi tanlovda siz qanday yangilik bilan iştirok etdingiz?

Bugungi musobaqada men asl parranda zotlarini parvarişlaşda elektr quvvati va suvlarni tejaş böyiça yangi ğoyamni namoyiş qildim. Unga köra, mening asosiy qurolim kartongofra bölib, undan muntazam ravişda suv kelib turadi. Bu esa xonani bemalol 10 daraja past haroratga tuşirişga yordam beradi. Biroq bu havo parrandalarga juda ham sovuqlik qilgani uçun xonani 20 darajagaça maxsus termo datçik orqali isitamiz. Termodatçik harorat 20 darajadan kötarilganda yonadi, tuşganda esa öçadi. Taymer esa çiroqlarni öçişini avtomatik tarzda nazorat qiladi. 

Siz yaratgan ixtironing kundalik hayotda ahamiyati qanday? 

Hozirda çekka qişloq hududlarda çiroqning tez-tez öçib turişi barçaga ma'lum. Men yaratgan loyiha esa elektr quvvatini fermerlik va parrandaçilik sohalarda yanada tejaşga yordam beradi. Qolaversa, tejab işlatilgan elektr toki olisdagi hududlarga ham öz vaqtida yetib boradi.