Afğonistonlik toğ çanğiçilari Said Alişoh Farfang va Sayad Husainiy Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida bölib ötadigan qişki Olimpiada öyinlarining gigant slalom bahslarida iştirok etadigan böldi. Bu haqda insidethegames.biz internet-naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, bu ikki sportçi qişki Olimpiada öyinlarida öz mamlakati şarafini himoya qiladigan dastlabki sportçilar sifatida tarixga kiradi.
«Biz mamlakatimizni yangiça tarafdan köz-köz qilişni istaymiz. Butun dunyoga Afğoniston – bu faqat uruş degani, emasligini isbotlamoqçimiz», – deya Husainiydan iqtibos keltiradi insidethegames.biz.
Bungaça Afğoniston vakillari 13 marotaba yozgi Olimpiada öyinlarida iştirok etişgan. Mamlakat sportçilari hisobida şu kungaça barça olimpiadalarda qölga kiritilgan ikkita bronza medali mavjud va ularning ikkalasini ham ular taekvondo sporti turi orqali qölga kiritişgan.












