Italiya A seriyasining 12-turidan örin olgan uçraşuvda «Bolonya» öz uyida «Krotone»ga imkoniyatni boy (2:3) berib qöydi.

«Bolonya» tomonidan kiritilgan ikkala golga ham mezbonlar yarimhimoyaçisi, 25 yoşli Simone Verdi mualliflik qildi.

Qiziq tomoni, italiyalik futbolçining dubli öziga xos noyob natijaga aylandi. Gap şundaki, Verdi ikki golni ham jarima zarbasidan söng kiritdi va eng ahamiyatlisi birinçisida u çap oyoğida jarima zarbasini amalga oşirgan bölsa, ikkinçisida öng oyoqda bu işni qoyilmaqom tarzda bajardi.

Italiya A seriyasida 2004/05 yilgi mavsumdan boşlab biror bir futbolçi bitta öyinda har ikkala oyoğida jarima zarbasidan gol kiritişning uddasidan çiqmayotgandi.