Eldor Şomurodovning yangi mavsumni qaysi klubda boşlaşi deyarli oydinlaşdi.

Insayder Nikola Skiraning ma’lum qilişiça, özbekistonlik hujumçi «Bolonya»ga ötadi. Bolonyaliklar Şomurodovni «Roma»dan 9 million yevroga sotib oliş huquqi bilan ijaraga olişadi. 

Avvalroq, jurnalist Janluka di Marsio bolonyaliklar Şomurodovni ijaraga oliş masalasida kelişuvga erişgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq, TuttoSport naşri «Roma» özbekistonlik 27 yoşli forvardini 18 million yevroga baholayotgani haqida ma’lum qilgandi. U 2021 yilda «Jyenoa»dan rimliklar safiga 17,5 mln yevro evaziga ötgandi.

Eslatib ötamiz, bungaça «Roma» klubi Şomurodovni Isroildagi yiğinga olib bormagani, futbolçining agenti esa Eldor tez orada jamoasini özgartirişini ma’lum qilgandi. Özbekiston milliy jamoasi forvardi ötgan mavsum rimliklar safida jami 39 öyinda 5ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan. Uning «börilar» bilan amaldagi şartnomasi 2026 yilga qadar möljallangan.

Ma’lumot uçun, «Bolonya» A Seriya 2021/22 yilgi mavsumini 46 oçko bilan 13-örinda yakunlagan edi. Klub yangi mavsumni çempionatda 14 avgust kuni «Latsio»ga qarşi safardagi bahs bilan boşlaydi.