Yaqinda sotuvga çiqqan iPhone X smartfonining ilk xaridorlari telefonni faollaştiriş bilan boğliq muammolarga duç keldilar.
Ta'kidlanişiça, bunday muammolar AQŞda kuzatilgan. Smartfon yoqilganda Sprint, Verizon va AT&T mobil aloqa operatorlari sim-kartalariga ega bölganlar serverga kirib bölmasligi haqida xabar olişgan. Ba'zi foydalanuvçilarda muvaffaqiyatsiz faollaştirişdan keyin qurilmani yoqiş bilan muammolar vujudga kelgan.
Şu sababli önlab odamlar xizmat körsatiş markazlariga murojaat qilişga majbur bölişgan.
iPhone X smartfoni sentabrda taqdim qilingan. Uning narxi 999 dollardan boşlanadi. Smartfonda texnik nosozliklar mavjudligi haqida uning sotuvga çiqarilişidan avval ma'lum bölgan. Jumladan, smartfondagi yuzni taniş funksiyasi Face ID bilan muammolar mavjudligi ma'lum qilingan. Şu tufayli kompaniya yangi smartfonlar çiqarilişi hajmini qisqartirmoqçi ham bölgan.












