Bugun, 6 noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov tavalludining 100 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlar ötkazildi. Şu munosabat bilan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jizzaxga bordi.

Şu kuni şaharda Şarof Raşidovga qöyilgan haykalning oçiliş marosimi bölib ötdi.

Foto: president.uz

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, hukumat a'zolari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, adabiyot va san'at namoyandalari, viloyat ahli, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan kelgan yurtdoşlarimiz, çet ellik mehmonlar iştirok etdi. Şarof Raşidovning farzandlari, döstlari, hamkasblari, şogirdlari va boşqa yaqinlari qatnaşdi.
 
Marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari Şarof Raşidovning özbek xalqi manfaatlari yölidagi ulkan xizmatlari haqida sözlagan.

Şarof Raşidov oddiy xalq orasidan çiqqani, noyob aql-zakovati, mehnatsevarligi va kamtarligi bilan katta obro‘-e'tibor qozongani, xalqimizga sadoqat bilan halol xizmat qilganini ta'kidladi.

Şarof Raşidov umr böyi öz xalqiga, barça sof niyatli insonlarga yaxşilik qilib, ularni uluğ maqsadlar yölida birlaştirib, ezgu işlarga safarbar etib yaşadi, deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev. Bu olijanob, donişmand va bağrikeng inson, qanday suronli sinovlarga duç kelgan bölmasin, yuksak gumanistik ğoyalarga doimo sodiq bölib, xalqimiz qalbida yaxşi nom, sönmas xotira qoldirdi.

Şarof Raşidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, özi butun borliği bilan sevgan adabiyotga hamişa sodiq qoldi. U özining betakror iste'dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, şe'r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratdi, dedi Prezident.

Tadbirda Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Oqil Salimov, mehnat faxriysi Ismoil Jörabekov, uçuvçi-kosmonavt Vladimir Jonibekov, mehnat faxriysi Qallibek Kamalov, Şarof Raşidovning qizi, akademik Sayyora Raşidova va boşqalar Şarof Raşidov bilan boğliq xotiralari, u kişining hayoti va faoliyati haqida sözladi.