Tahririyatga kelib tuşayotgan köplab murojaatlarda «Özbekiston Respublikasi Hukumat rahbari Abdulla Aripov paxta mavsumida öqituvçi, talaba va şifokorlarni muntazam terimga jalb etişni taqiqlagan bölsa ham, bu hol özgaça yöllar bilan amalga oşirilayotgani» haqida söz yuritilgan.
Kun.uz muxbiri murojaatlardan bir neçtasini örganiş uçun 5 noyabr kuni Toşkent viloyati Böka va Bekobod tumanlariga taşrif buyurdi. Ma'lum bölişiça, Böka tumaniga yaqin hududda Olmaliq şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi şifokor va xodimlari paxta dalasiga kirişga şay bölib, dam oliş kuni haşarga kelgan.

«Biz kunlik terimga şifokorlarni jalb etmayapmiz, barçasi öz xohişi böyiça haşarga kelgan. Oylik maoşdan uşlab qoliş va boşqaça usuldagi tahdid haqida söz oçişning özi örinsiz. Qolaversa, haşarçilarga kun davomida bajargan işiga qarab, rağbatlantiruvçi sovğalar topşiramiz. Masalan, «oq yoğ» tarqatgandik, bu hafta yanada köp odam çiqdi», deydi özini taniştirişni xohlamagan Olmaliq şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbarlaridan biri.
Uning ma'lumotiga köra, yakşanba kuni haşarga çiqiş - bu har kimning öz istagiga köra böladi. Ammo şu paytda 370 nafar paxtakorlarga «starşiy» etib tayinlangan bir boşqarma xodimlaridan birining «ikki nafar farzandini uyda qoldirib kelgani»ni bildirib, ketişga ruxsat sörab turganini eşitiş muxbirda şubha uyğotdi.

Bekobod tumani Zafar QFY hududida joylaşgan Dalvarzin 1, 2, 3, 4, 5 bölimlarida esa ahvol ança jiddiy tus oldi. Uşbu maydonda vodiy viloyatlari, ayniqsa Andijon viloyatining turli tumanlaridan olib kelingan maktab va kollej öqituvçilari paxta terim mavsumiga jalb etilgani aniqlandi.
«Talabalarga gazetalardan taşlab kelganman, krossvord yeçib ötirgandir», deb hazil aralaş söz yuritadi Oltinköl tumanidagi kollejlardan birida muallimlik qiluvçi paxtakor. Uning aytişiça, mavsum öz nihoyasiga yetib qoldi, şunga qaramay köpçilik qoçib ketgan.
«Paxta deyarli yöq. Agar bölsa mahalliy aholiga maoşni vaqtida berib borilsa, biz ham tera olamiz», deydi Dalvarzin 3-bölimda istiqomat qiluvçi paxtakorlardan biri.
Mahalliy aholi vakillarining tasdiqlaşiça, vodiydan kelgan öqituvçilar qişloq uylariga taqsimot asosida joylaştirilgan. Izboskan va Buloqboşi tumanlarida joylaşgan maktablar öqituvçilariga boş bölib, tegişli tuman hokimlarining Xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosarlari ham Toşkent viloyatiga kelgan.








