AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar va Yaponiya örtasidagi savdoni «adolatsiz» hamda «oçiq emas» deb atadi. U bu haqda Tokioga qilgan safari çoğida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
«Yaponiya sönggi ön yilliklar davomida AQŞ bilan savdo qilişdan yutdi. Sizlar buni bilasizlar. Hozir Yaponiya bilan bizning savdolarimiz adolatli va oçiq emas», - deya aytib ötdi u.
Şuningdek Trampning ta'kidlaşiça, Yaponiyada AQŞning juda kam maşinalari sotilmoqda. U yaponiyalik avtomobil işlab çiqaruvçilarini Qöşma Ştatlar hududida zavodlar qurişga çaqirdi.
«Maşinalaringizni bizga eksport qilmasdan, AQŞda yiğişga urinib körganingiz ma'qul», - deya qöşimça qilib ötdi Qöşma Ştatlar prezidenti.













