AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Koreya Respublikasiga davlat taşrifi bilan keldi. Bortida Amerika yetakçisi bölgan samolyot Seuldan 60 km. uzoqlikdagi AQŞning Osan harbiy-havo bazasiga qöndi.
Tramp yetib kelganidan söng vertolyotga ötirib, AQŞning Pxyontxek şahridagi yangi harbiy bazasi - Kemp Hamfrizga jönab ketdi. U bazadan çiqib Seulga boradi va prezident Mun Çje In bilan uçraşadi. Kutilişiça, taşrifning asosiy mavzusi KXDR raketa-yadro muammosi, şuningdek, AQŞ hamda Koreya Respublikasi örtasida erkin savdo böyiça kelişuv masalasi böladi.
Kun amerikalik mehmon şarafiga qabul va KBS telekompaniyasi orkestrining konserti bilan tugaydi. Janubiy Koreya OAV ma'lumotlariga köra, qabulda har ikki tarafdan taxminan 120 kişi iştirok etadi.
Şuningdek, Tramp çorşanba kuni AQŞning Seuldagi elçixonasi xodimlari bilan uçraşadi, Janubiy Koreya Milliy majlisida çiqiş qiladi. U Xitoyga jönab ketişidan avval Seul davlat qabristoniga ham borib, halok bölgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltiradi.

Sönggi bor Oq uy rahbari bu davlatga çorak asr muqaddam davlat taşrifi bilan kelgan. Öşandan beri Amerika yetakçilari respublikaga faqatgina amaliy safarlar uyuştirişgan.
Trampning Janubiy Koreyaga safari uning Osiyo-Tinç okeani mintaqasi böylab turnesining bir qismidir. Oq uyning bildirişiça, 14 noyabr kuni yakuniga yetadigan safarning boş maqsadi – Pxenyanga yadroviy qurol böyiça harakatlarini töxtatişi uçun diplomatik hamda iqtisodiy bosimni kuçaytiriş haqida kelişib oliş. Boşqa ustuvor vazifa – mintaqada AQŞ iqtisodiy manfaatlarini ilgari suriş hamda Xitoy bilan örtadagi savdo muammolarini bartaraf qiliş.
Qayd etilişiça, Amerika prezidenti boradigan barça davlatlarga aloqador muhim mavzu – bu iqtisodiyot. Tramp Janubiy Koreya bilan beş yil avvalgi erkin savdo töğrisidagi kelişuvni tezroq qayta körib çiqişni xohlamoqda, sababi amerikaliklarda 2011 yildan beri tovar defitsiti deyarli ikki barobarga ösdi.
Ta'kidlab ötiş lozimki, Trampning Janubiy Koreyaga safaridan beş kun oldin ikkita B-1B strategik bombardimonçisi uşbu davlatga olib kelindi. Bu KXDRga ogohlantiriş sifatida qilingan. Bundan taşqari, AQŞning birdaniga uçta atom aviataşuvçisi - "Ronald Reygan", "Teodor Ruzvelt" hamda "Nimits" Koreya yarim oroli yaqinidagi suvlarda qolmoqda.













