Dunyoning sobiq birinchi raqamli erkak tennischisi Novak Jokovich 2007 yil martidan birinchi marta ATR reytingining yuqori o‘ntaligidan chiqib ketdi. 7-o‘rindan 12-o‘ringa tushib ketgan Jokovich iyuldagi Uimbldon musobaqasidan keyin ATR musobaqalarida ishtirok eta olmadi. U o‘sha musobaqaning chorakfinalida chex Tomash Berdixga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
Britaniyalik Endi Marrey ham Uimbldonda jarohat olgandan beri boshqa musobaqalarda ishtirok eta olmadi. Shu sababli u reytingning 3-pog‘onasidan 16-pog‘onasiga tushib ketdi.
Germaniya vakili Aleksandr Zverev Venadagi musobaqaning chorakfinaligacha yetib bora olgandan keyin reytingning 3-o‘rinini egalladi. Parijdagi “Masters” musobaqasining 3-davrasidan chiqib ketgan avstriyalik Dominik Tim 4-o‘rinni egallamoqda.
Parijdagi musobaqaning g‘olibi amerikalik Jyek Sok esa yuqori o‘ntalikka kira oldi va 9-o‘rinni egalladi. Shu musobaqaning finalchisi Filip Krayinovich 44 ta pog‘onaga yuqorilab, 33-o‘rinni egalladi.
Quyida ATP’ning yangi versiyasi keltirilgan.
1 (1). Rafael Nadal (Ispaniya) – 10645 ochko
2 (2). Rojyer Federer (Shveytsariya) – 9005
3 (4). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 4410
4 (6). Dominik Tim (Avstriya) – 3815
5 (5). Marin Chilich (Xorvatiya) – 3805
6 (8). Grigor Dimitrov (Bolgariya) – 3650
7 (9). Stanislas Vavrinka (Shveytsariya) – 3150
8 (10). David Goffen (Belgiya) – 2975
9 (22). Jyek Sok (SShA) – 2765
10 (11). Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) – 2615
12 (7). Novak Jokovich (Serbiya) – 2585
16 (3). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 2290
33 (77). Filip Krayinovich (Serbiya) – 1298















