Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevning işini körib çiqayotgan Zamoskvoretskiy sudiga 2 million dollarni olib kelişdi. «Vedomosti» hamda RBK ma'lumotlariga köra, içida pullar bölgan va skotç bilan yopib qöyilgan qutini qora palto kiyib olgan tergovçi Aleksandr Şevçenko olib kirgan.
Qutida «Alohida muhim işlarni tergov qiliş böyiça Boş boşqarma» muhrlarini köriş mumkin. Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq rahbari jurnalistlardan pullar bilan töla qutiga «teginmaslik»ni söradi. RBK’ning aniqlik kiritişiça, şundan söng quti ustiga xira paket taşlangan va muhrlar körinmasligi uçun uni yon tomonga ögirib qöyişgan.

Eslatib ötamiz, Ulyukayev «Rosneft» rahbari Igor Seçindan 2 million dollar miqdorida pora talab qilişda ayblanmoqda. Vazir va işbilarmonning özaro suhbatida «kolbasali savatça» haqida gap borgan, unda esa Federal xavfsizlik xizmati tomonidan maxsus belgilar qöyilgan pullar bölgan.







