Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi yangi strategiyasi uchun 5 mlrd. dollar va'da qildi
Dushanbeda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining (MOMIH) 16-Vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
MOMIHning 11 a'zo davlatdan bo‘lgan vazirlari MOMIH-2030 – yangi uzoq muddatli strategiyani bir ovozdan tasdiqlashdi. U MOMIH ishini uning faoliyatining uchinchi o‘n yilligida belgilab beradi.
Strategiya missiyaga asoslangan – kishilar, siyosat va loyihalarni birlashtirish. U MOMIH ko‘lamini oshirish va mandatini kengaytirishni nazarda tutadi - mintaqaviy va iqtisodiy barqarorlikka ko‘mak ko‘rsatish hamda turizm, qishloq xo‘jaligi va suv resurslari, sog‘liqni saqlash hamda ta'lim sohalaridagi mintaqaviy tashabbuslar shular jumlasidan. Shu bilan birga, MOMIH transport, energetika, savdo va iqtisodiy yo‘laklarni rivojlantirish sohalarida o‘zining mavjud ustuvor jihatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
MOMIH-2030 strategiyasining qabul qilinishi mintaqa davlatlariga Barqaror taraqqiyot maqsadlari va Parij kelishuvi doirasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda yordam beradi. Shuningdek, ularning milliy taraqqiyot bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari muvofiqlashtirilishini ta'minlaydi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoning o‘z ma'ruzasida ma'lum qilishicha, OTB MOMIH-2030’ni keyingi 5 yil davomida qo‘llab-quvvatlash uchun 5 milliard AQSh dollaridan oshiq mablag‘ni taqdim etish majburiyatini oladi. Bu OTBning MOMIH davlatlaridagi loyihalar uchun umumiy moliyalashtirishining to‘rtdan bir qismiga teng (XXR istisno qilinganda).
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025