Xalqimizda “Hayotda eng asosiysi mehnatdir. Hamma kasofatlardan, hamma qiyinçiliklardan faqat bir yöl – mehnat bilan qutuliş mumkin”, degan gap yuradi. Haqiqatdan ham uning zamirida ulkan ma'no bor. Lekin uni anglagan va qadriga yetgan insongina ketmas davlatga erişadi. Şu bois ham inson hayoti aziz, qanday umrguzaronlik qiliş esa har kimning öz aql-idrokiga boğliq. Ammo nafs qutqusiga uçib, osonlik bilan özgalar hisobiga öz hayotini yölga qöyişni istovçilar ham oramizda uçrab turibdi.
“Huquq” gazetasining yozişiça, ötgan yilning avgust oyida Farrux Erkinov (ism-familiyalar özgartirilgan) amakisi Komiljon Annamurodovdan bir oyda qaytarib beriş şarti bilan bir million söm qarz söraydi. Jiyanini quruq qaytara olmagan Komiljon naqd puli yöqligi, agar xohlasa, plastik kartoçkasidagi bir neça million söm puldan kerakligini işlatib, qolganini qaytarib olib kelib berişini aytadi. Jiyani rozi böladi.
Plastik kartoçkani olgan F.Erkinov tanişi Bekzod Aliyevga qönğiroq qilib, agar plastik kartoçkadagi pulni naqdlaştirib beradigan tanişlari bölsa, bir million söm qilib berişini iltimos qiladi. Beli oğrimay pul topişni maqsad qilib yurgan Bekzod uçun uşbu iltimos ayni muddao edi. Ular ma'lum foiz hisobiga bu işni amalga oşirişga kelişib olişadi. Plastik kartoçkaning kodini bilib olgan B.Aliyev uni olib, özining jinoiy şerigi Olim Boboyevga qönğiroq qiladi va qarmoğiga kattagina “baliq” ilinganini aytadi. Ikkovlon K.Annamurodovga tegişli bölgan plastik kartoçkadan 86 mln. 918 ming söm mablağni yeçib olib, öz ehtiyojlariga işlatib yuborişadi. Söngra Bekzod “buning “blok”ka tuşib qolgan ekan, undan pul yeçib bölmadi”, deb tanişi F.Erkinovga plastik kartoçkani qaytarib beradi.
Uşbu gapni eşitgan K.Annamurodov darhol tegişli bankka borib, plastik kartoçkasini tekşirtirganida, uning içidagi pullar yeçib olingani ma'lum böladi.
Tekin oşning ta'mi yoqib qolgan B.Aliyev özining firibi bilan yana bir sodda insonni çuv tuşirib ketadi. Ma'murjon Tölaganovning fuqaro Akmal Berdiyevdan qarzdorligini bilib qolgan Bekzod bu pullarga ham ega çiqiş rejasini tuzib, bozorda savdo qilayotgan M.Tölaganovning oldiga boradi va A.Berdiyev yuborganini aytib, 16 mln. 980 ming söm qarzini tezda berişi kerakligini aytadi. Unga işongan Ma'murjon örtadagi qarzdan uziliş uçun aytilgan miqdordagi pullarni unga berib yuboradi. Lekin qarz egasiga yetib bormay, Bekzodning ehtiyojlari uçun sarflanadi.
Iştahasi kun sayin oçilib borayotgan B.Aliyev jinoiy işlarini davom ettirib, “qarmoğiga” yana bir insonni ilintiradi. U Odiljon Röziyev bilan tanişib, uning işonçiga osongina kira oladi. Ya'ni Bekzod undan AQŞ dollariga almaştirib beriş evaziga 12 mln. söm pul oladi. Va'dani uzoği bilan bir oyda bajarişga söz bergan firibgar nom-nişonsiz ğoyib böladi.












