Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy X: 2 ta displeyli smartfon haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi
Samsung 2018 yilda ikki displeyli buklama smartfonni chiqarishni rejalashtirmoqda. Uning interfeysi nimaga o‘xshab ketishini hozirdan bilish mumkin.
Samsung Galaxy X smartfoni haqidagi ma'lumotdan maxfiylik maqomini olgani yo‘q. Uning korpusi va shakli qanday bo‘lishi hozirgacha tushunarsiz. Agar so‘nggi paytlarda tarmoqda paydo bo‘lgan patentlar tasvirlariga ishonadigan bo‘lsak, bu gorizontal holda buklanadigan uzun qurilmaga aylanadi.

Biroq interfeysning skinshotlari aksincha tasavvur uyg‘otmoqda. Galaxy X noutbuk yoki yaqinda taqdim etilgan ZTE Axon M kabi buklanishi mumkin. Misol uchun, uni oddiy telefon sifatida ishlatish mumkin, kerak bo‘lganda esa planshet shakliga keltirish imkoni ham bor.
Hozircha Galaxy X qanday yo‘nalishda ishlashga mo‘ljallanganini tushunish mumkin - vertikal va gorizontal, deb xabar bermoqda Android Community. Shunday qilib, ikkita ilova bilan bir vaqtning o‘zida ishlash yoki bittasini ikkita ekranga kengaytirish (masalan, video ko‘rish yoki o‘yin o‘ynash uchun) imkoni mavjud.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy X yanvar oyi boshidagi CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kerak. U cheklangan miqdorda chiqariladi - 100 ming dona, shuning uchun ancha qimmatga tushadi.

Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026