Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qo‘l jangi ustalari Osiyo ochiq chempionatida birinchi o‘rinni oldi
Toshkentning “O‘zbekiston” universal sport saroyida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda qit'aning 15 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar o‘zaro kuch sinashdi.
12 noyabrda bo‘lib o‘tgan final janglarini ayollar o‘rtasida 75 kg va +75 kg vazn toifalaridagi sportchilar, erkaklar o‘rtasida 85 kg, 90 kg hamda +90 kg vazn toifalaridagi jangchilar yakunlab berishdi.
Mazkur 5 vazn toifasi bo‘yicha ham o‘zbekistonlik sportchilar raqiblariga qarshi besh vazn toifasida Robiya Qo‘chqorova imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, +75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Madina Ergashevaning qo‘li baland kelib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida 85 kg.lik qo‘l jangi ustasi Elbek Eshmurodov jarohati olgani tufayli jangni davom ettira olmadi. Shu sababli rossiyalik Karim Magomedovga g‘alaba yozildi.
90 kilogramm sportchilarning final juftligida ikki o‘zbekistonlik o‘zaro kuch sinashdi. Unda Botir Xo‘jabekovning qo‘li baland keldi.
Chempionatning markaziy bahsi hisoblangan +95 kg vazn toifasida tatamiga o‘zbekistonlik Ilg‘or Asadov hamda rossiyalik Azamat Murzakanov chiqishdi. Bu safar ham o‘zbekistonlik jarohat sababli jangni davom ettirishdan bosh tortdi.
Qayd etish joizki, umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik qizlar ayollar o‘rtasidagi bahslarda eng yaxshi natijani qayd etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronzani qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonning erkak qo‘l jangi ustalari ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qayd etishdi. Ular 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Quyida ushbu musobaqaning eng qiziqarli lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.









Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
17:48 / 11.12.2024