12 noyabr kuni Manilada Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (JŞODA/ASEAN) va Honkong örtasida erkin savdoga doir kelişuv imzolandi. TASS şu haqida xabar berdi.
Hujjat ikki tomon örtasidagi savdo hajmini oşiriş uçun bojxona, texnik va sanitar tösiqlardan ötişni soddalaştiradi. "Kelişuv ASEAN mamlakatlari uçun köproq imkoniyat oçib beradi, zero u bizning mahsulotlarga bozorga keng yöl oçadi va töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar oqimini rağbatlantiradi", - dedi imzolaş marosimida bu yil assotsiatsiyaga raislik qilayotgan Filippin vakili, mamlakat savdo va sanoat vaziri Ramon Lopes.
Imzolaş 10-14 noyabr kunlari Manilada bölib ötadigan ASEAN sammiti doirasida bölib ötdi. Erkin savdoga doir kelişuv "Osiyo önligi" uçun oltinçi şunday hujjat böldi. Bundan avval Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, şuningdek Yangi Zelandiya va Avstraliya bilan ham şunday kelişuvga erişilgan edi.










