Honkong Fan va texnologiyalar universiteti muhandislik maktabi olimlari dunyodagi eng kiçik köp funksiyali biotibbiyot robotini yaratişga muvaffaq böldi. MedicalXpress xabar qilişiça, robot şu paytgaça mavjud modellardan 60 foiz kiçikroq.
Robot tasvirga oliş, aniq yönalişda harakatlaniş va turli vazifalarni bajariş qobiliyatiga ega. Xususan, u töqima namunalarini oladi, dori yetkazib beradi va lazer bilan davolaydi. Uning yöğonligi atigi 0,95 millimetrga teng bölib, bu boşqa endoskop-robotlarga nisbatan 60 foiz yupqa.
Uşbu robotda ilgari imkonsiz deb hisoblangan uçta asosiy xususiyat birlaştirilgan. Qurilma yuqori sifatli tasvirlarni oladi va 9,4 millimetrgaça bölgan masofada tösiqlarni aniqlaydi. Bu nazariy çegaralardan ön barobar köp. Bundan taşqari, u 30 mikrometrdan kam xatolik bilan yuqori aniqlikda harakatlanadi. Uning köriş maydoni şu kabi qurilmalarga nisbatan 25 barobar katta.
Robot törtta asosiy qismdan iborat: organizm içidagi tasvirlarni oliş uçun optik tolali matritsa, dorilarni aniq yetkazib beriş uçun maxsus moslama, tolalar va moslamalarni uşlab turuvçi içi böş karkas hamda robotning harakatlarini boşqariş imkonini beradigan funksional qobiq.
Robot jarrohlik amaliyoti paytida organizm içida oson harakatlanadi. Olimlar uni laboratoriyada va çöçqa öpkasida sinab kördi. Sinovlar natijasida robot tor joylarda bemalol harakatlanişi, sifatli tasvirlar olişi va boriş qiyin bölgan joylarda muolaja ötkaza olişi aniqlandi.
Kiçik ölçamdagi robot-jarrohlar turli xil kasalliklarni davolaşda qöllanib kelinadi. Xususan, ulardan yurak kasalliklari, oşqozon va ön ikki barmoqli içak yaralarini davolaşda foydalaniladi. Olimlar bunday robotlardan tibbiyotda keng foydalaniş maqsadida ularni takomillaştirişga intilmoqda.










