Yaqin Şarqdagi eng katta aviakompaniyalardan biri Emirates AQŞning Boeing kompaniyasi bilan 40 ta Boeing 787-10 Dreamliner samolyoti sotib oliş böyiça kelişuvni imzoladi. Bu haqda Boeing bergan bayonotda ma'lum qilingan.
Samolyotlar va kerakli qurilmalar yetkazib berilişini öz içiga oluvçi kelişuv 15,1 mlrd dollarga baholanmoqda. Uşbu kelişuv Dubai Airshow 2017 aviasalonida imzolandi.
Emirates Group ijroçi direktori şayx Ahmad bin Said Al Maqtumning aytişiça, samolyotlar 2022 yildan yetkazib berila boşlanadi. “Emirates strategiyasi har doim eng zamonaviy va samarali samolyotlarga sarmoya qilişdan iborat bölgan va bugungi kundagi buyurtmalar buni aks ettiradi. Bugungi bayonotimiz BAA va mintaqadagi aviatsiyaning kelajagiga işonçimiz haqida gapiradi”, deb aytgan şayx.
“Emirates kompaniyasi öz samolyotlar parkini kengaytiriş uçun Boeing 787-10 Dreamliner’ni tanlaganidan xursandmiz”, deb aytgan öz navbatida Boeing rahbari Kevin Makallister.
Bayonotda aytilişiça, AQŞ savdo vazirligining baholaşiça, bunday katta kölamdagi bitim AQŞda u yoki bu yöl bilan 75 mingdan köproq iş örni bilan ta'minlaydi.









