Toşkent şahrida joylaşgan Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroport terminalida namozgoh paydo böldi. Bu xabarni Kun.uz'ning bir neçta manbasi tasdiqladi.
Aniqlanişiça, aeroport terminalining B8 bölimiga yaqin joyda namoz uçun alohida joy yaratilgan. Şuningdek, uning oldida tahoratxona ham bor. Aeroport terminalidagi namozgoh oçilganiga endigina ikki kun bölgan.
Endi çegara nazorat punktidan ötgan yölovçilar odatdagi ibodatlarini aeroport terminalida ham bajarişi mumkin.
Bunday şaroit qöşni mamlakatlardagi xalqaro aeroportlarda ham mavjud bölgan. Yölovçilardan birining aytişiça, bunday qulaylik avvalari Umra va Haj safarida davomida mavsumiy taşkil qilingan. Endilikda Toşkent aeroportidagi namozgoh doimiy ravişda faoliyat olib boradi.
Ma'lumot uçun, AQŞdagi 30ta yirik aeroportdan 7tasida ana şunday namoz öqiş uçun maxsus xonalar taşkil qilingan.












