Isroil Madrimov Sankt-Peterburg gubernatori kubogining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston boks federatsiyasida Vetnam respublikasi va Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnirlar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov Sankt-Peterburg gubernatori kubogida O‘zbekistondan 3 nafar bokschi qatnashganiga oydinlik kiritdi.
“Biz 10 nafar bokschi bilan ishtirok etishimiz kerak edi. Ammo 23-30 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining kattalar o‘rtasida birinchiligi bo‘lib o‘tadi. Unda eng kuchlilarni saralab olishimiz kerak. Bizga 10 sportchi bilan tashrif buyurish taklifi bo‘lgandi. Lekin murabbiylar shtabi uch bokschini olib borishga qaror qildik. Sanjar Tursunov va Isroil Madrimov O‘zbekiston birinchiligida qatnashmaydi, Peterburg kubogida yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan Shunqor Abdurasulov 60 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionatida ham qatnashadi”, - dedi terma jamoa murabbiyi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek charm qo‘lqop ustalari juda yaxshi natija ko‘rsatishgan. Xalqaro turnirda 2 ta oltin va bitta kumush medal qo‘lga kiritilgan.
“Bundan tashqari, 75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo‘lib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogini ham O‘zbekistonga olib keldi”, - dedi Ro‘zioxunov.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
-
Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketdi
O‘zbekiston | 09:28
-
Geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish bo‘yicha oriGIn Uzbekistan tashkiloti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:50
-
Kellog: Kiyev Rossiyaga to‘rtta hududini berishga rozi bo‘lmaydi
Jahon | 08:35
Mavzuga oid

01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi

10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi

14:49 / 08.08.2024