AQŞning Milliy xavfsizlik agentligi 2016 yilgi xakerlar xuruji va ularning bir neçta zararli dasturlarni öğirlaganlaridan söng inqirozni boşdan keçirmoqda. MXA bu dasturlardan elektron qurilmalarga dunyo tarmoqlariga kirişda foydalangan, deb yozadi The New York Times naşri.
Shadow Brokers xakerlar guruhi MXAdan ömargan dasturiy ta'minot kodlarini e'lon qildi. Bu kod keyinçalik butun dunyodagi kompyuterlarga zarar yetkazgan viruslarni işlab çiqişda qöllanildi.MXA bu vaziyatga izoh berganiça yöq, ammo gazetaning fikriça, öğirlangan kiberqurol agentlikka tegişli bölgani isbotlangan. Bunda naşr agentlik xodimlariga tayangan.
"Agentlikning hozirgi va sobiq rahbarlarinig aytişiça, Shadow Brokers xakerlarining 2016 yili boşlangan xurujlari MXA uçun oğir oqibatlarga olib keldi. Agentlikning qudratli kuberqurolni himoya qiliş qobiliyatini yöqqa çiqardi. Bundan taşqari, agentlik milliy xavfsizlik uçun naqadar qadrli ekanini namoyiş etdi. Raqiblarning kompyuter tarmoqlarini buziş borasida jahon yetakçisi bölgan agentlik öz tarmoğini himoya qila olmadi", — deb yozadi gazeta.
Naşrga köra, hujjatlarning öğirlanişini "MXAni larzaga solgan zilzilaga qiyoslaş mumkin". Taxminlarga köra, Shadow Brokers xakerlari yetkazgan zarar MRB va MXAning sobiq xodimi Edvard Snouden yetkazgan talofatdan ham köproq bölişi mumkin. Çunki u ommaviy kuzatiş dasturining nomini oşkor qilgan edi. Bu xakerlar esa, dasturiy ta'minotlar kodini e'lon qilib, ulardan uçinçi tomon foydalanişiga imkon yaratdi.
Ammo hozirça, MXA sobiq xodimiga köra, Amerika huquqni muhofaza qiluvçi organlari xakerlarni topa olgani yöq.













