Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Manilada Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 31-sammiti rasman oçilgani haqida ma'lum qildi.

Duterte öz çiqişini Filippindagi terrorizm muammosi haqidagi gaplar bilan boşlagan.

«Men öz çiqişimni bunday ohangda boşlayotganim uçun oldindan uzr sörayman. Şunçaki qayd etişni istardimki, keyingi ikki kun mobaynidagi uçraşuvlarimiz muhim xalqaro muammolar, şu jumladan terrorizm va ekstremizm muammolarini ham öz içiga olişini istardim <...>», — degan u.

TASS agentligi qayd etişiça, bu sammitda taşkilotga a'zo davlatlarning rahbarlaridan taşqari, muloqot guruhlari a'zolari, xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp, XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan, Hindiston boş vaziri Narendra Modi va boşqalar iştirok etmoqda.