Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantiriş, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari almaşdi. KUN.UZ manbasi ma'lumot berişiça, şu kungaça bu lavozimda işlab kelgan Maxmud Sotivoldiyeviç Abdurahmonov örniga Odilxon Bakiyeviç Rustamov tayinlangan.

Odilxon Rustamov şu yilning 14 iyulidan Oybek Mirtemirov örniga Toshkent şahar Şayxontohur tumani hokimi lavozimida iş boşlagandi.

Odilxon Rustamov davlat soliq xizmati tizimida 1993 yildan beri turli lavozimlarda, 2001-2005 yillarda Toshkent şahar Çilonzor, Uçtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2005-2009 yillarda Toshkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmalari boşliği lavozimlarida işlagan, 2009 yilning martidan 2016 yil martiga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlagandi.

U Şayxontohur hokimi bölişdan avval, 2016 yil martidan boşlab «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga raislik qilgandi.

Eslatib ötamiz, oktabr oyi oxirida Toshkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyev hamda viloyat prokurori Jamşid Fayziyev  2017 yilgi paxta mavsumida qöşib yozişlarga yöl qöyilgani uçun işdan olingandi. Şukrullo Boboyev örniga boş vazir örinbosari Ğulomjon Inomoviç Ibragimov tayinlandi.